FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
20 Dekabr 2023 2143

Oʻzbekiston MOQ Osiyo oʻyinlarini yoritish boʻyicha oʻz tajribasi bilan Lozannada oʻrtoqlashdi

Shveytsariyaning Lozanna shahrida “Raqamli aloqa va ijtimoiy tarmoqlar” mavzusida 3-mintaqaviy seminar boʻlib oʻtdi. Tadbirda 15 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etishdi. Qayd etish joiz, unda qatnashish uchun Oʻzbekiston MOQ vakillari ham taklif etildi.

Tadbir Milliy Olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasi (MOQA) va Olimpiya birdamligi loyihasi asosida tashkil qilinib, MOQA bosh ofisida oʻtkazildi. Seminarda ijtimoiy tarmoqning bugungi kunda tutgan oʻrni, uni yuritishda sunʼiy intellektdan foydalanish masalasini joriy etish kabi mavzular muhokama qilindi. Unda Oʻzbekiston MOQ nomidan qatnashgan Xalqaro aloqalar departameti yetakchi mutaxassisi Humoyun Ibragimov “Oʻzbekiston delegatsiyasining Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlaridagi ishtirokini yoritish” mavzusida taqdimot qildi. Ahamiyatlisi, mazkur yoʻnalishdagi tajriba bilan oʻrtoqlashish uchun Osiyo mintaqasidan faqatgina Oʻzbekiston va Iordaniya vakillari taklif etilgan.

Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasining marketing va media sohasidagi pozitsiyasi mavzusida qilingan taqdimot koʻpchilikning eʼtiborida boʻldi. Tadbir davomida mutaxassislar oʻz tajribalari bilan baham koʻrib, malakalarini yanada oshirishdi.

Text to speech