3 Iyun 2021 2611

Ular Tokioga borishadi: Kichik Olimpiadadan kattasi sari odimlayotgan Ulug‘bek Rashitov

“Ular Tokioga borishadi” loyihamiz davom etadi. Bugun eʼtiboringizga yosh va umidli taekvondochilarimizdan biri Ulug‘bek Rashitovning faoliyati haqidagi materialni havola qilamiz.

Ulug‘bek Ismatullayevich Rashitov 2002-yil 23-mart kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2008-yildan taekvondo bilan shug‘ullanadi. Birinchi murabbiyi Pavel Xan. Hozir ham ushbu murabbiy qo‘l ostida shug‘ullanadi.

Ulug‘bek 2014-yil kadetlar o‘rtasida mamlakat chempionatida g‘alaba qozondi va ushbu toifada terma jamoa tarkibiga qabul qilindi. 2017-yildan xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlari boshlandi.

Taekvondochimiz 2018-yil Tunisda o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida uchinchi o‘rinni egalladi. Bu esa unga Argentinada o‘tgan o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish imkonini taqdim qildi. Kichik Olimpiadada Rashitov kumush medalni qo‘lga kiritdi.

2019-yil Iordaniyada o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati, keyinchalik Xitoy mezbonlik qilgan Butunjahon harbiylar o‘yinlari g‘olibiga aylandi.

Joriy yilning may oyida Iordaniyada o‘tgan litsenzion turnir orqali -68 kg vazn toifasida Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Text to speech