15 Dekabr 2023 870

WADA Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligini eʼtirof etdi

Butunjahon antidoping agentligi (WADA) 2023-yil yakunlari boʻyicha milliy agentliklar kesimida oʻz xulosalarini eʼlon qildi. Ahamiyatlisi, unda Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi ish faoliyati yuqori darajada yoʻlga qoʻyilgan tashkilotlar qatorida sanab oʻtildi.

WADA 206 ta milliy agentliklarining ishini quyidagi 4 xil tizimda baholagan: yuqori, yaxshi, qoniqarli va qoniqarsiz. Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligining ishiga yuqori baho qoʻyilgan. Bunda WADA kodekslarining talablarini oʻz vaqtida bajarish, shuningdek, sportchi, shifokor va murabbiylarning antidoping sohasidagi bilimlarini oshirish, xalqaro toifadagi ofitser va surishtiruv-ofitserlari mavjudligi kabi yoʻnalishlarga alohida ahamiyat qaratgan.

Text to speech