15 Dekabr 2023
862
Velosportchilarimiz Toshkent viloyatida shug‘ullanishmoqda
Velosport boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi ayni kunlarda Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini olib bormoqda. Hozirda qish fasli boʻlgani uchun mashgʻulotlarda sportchilarning jismoniy tayyorgarligini kuchaytirishga eʼtibor qaratilgan. 30-dekabrga qadar davom etadigan yigʻinga 31 nafar sportchi jalb etilgan. Hozirda Yevropa turnirlarida ishtirok etayotgan ayollar terma jamoasining 3 nafar aʼzosi 18-dekabrdan ushbu yigʻinga qoʻshiladi.