3 Iyun 2021 2434

Yangi O‘zbekiston yoshlari Moskvada “Yosh Olimpiyachilar xalqaro forumi”da qatnashishdi

Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida “Yosh Olimpiyachilar xalqaro forumi” bo‘lib o‘tdi. Rossiya Olimpiya qo‘mitasining taklifiga binoan unda mamlakatimiz vakillari ham ishtirok etishdi.

14-17 yoshli bo‘lajak Olimpiyachilar ishtirokida kechgan mazkur tadbirda bir qator mamlakatlardan delegatsiyalar tashrif buyurdi. Qayd etish joiz, unda mamlakatimiz nomidan yosh atletlarimiz Yasmina Rahimova (badiiy gimnastika), Aynura Umurzoqova (taekvondo WT), Meyirxan Timurov (qilichbozlik), Danil Tixonov (akademik eshkak eshish) qatnashishdi. Ularga O‘zbekiston MOQ Xalqaro aloqalar departamenti yetakchi mutaxassisi Tatyana Chijikova hamrohlik qildi.

Tadbirni Rossiya Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Stanislav Pozdnyakov ochib berdi va uni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad haqida gapirib o‘tdi. Shundan so‘ng Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Baxning tadbir ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaati eshittirildi.

 Forum davomida yosh atletlarga professionalizmni singdirish, doping va uning oqibatlari kabi mavzularda bir qator seminarlar, davra suhbatlari tashkil etildi.

Text to speech