Bugun Xitoyda saralash turniri yakunlanadi
Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT boʻyicha “Katta dubulgʻa” turniri davom etadi. Bugun musobaqaning saralash bosqich bellashuvlari yakuniga yetadi. Ushbu kun dasturida Oʻzbekiston terma jamoasining 7 nafar vakili dayanga chiqadi. Hamyurtlarimiz va ularning turnirdagi ilk raqiblari bilan tanishing:
-57 kg: Charos Qayumova – Tyan Chjan (Xitoy) / Shanshan Vu (Xitoy)
-57 kg: Madina Mirabzalova – Kamila Gostenkova (Xalqaro neytral sportchi) / Margarita Bliznyakova (Xalqaro neytral sportchi)
-58 kg: Amirbek Toʻrayev – Vu Xeok Jung (Janubiy Koreya)
-58 kg: Omonjon Otajonov – Kai Chen (Xitoy) / Junsong Yu (Xitoy)
-80 kg: Jasurbek Jaysunov – Jia Vang (Xitoy Taipeyi)
-80 kg: Najmiddin Qosimxojiyev – Xaltam Zarxouti (Marokash)
-80 kg: Shuhrat Salayev – Amir Keshi (Eron) / Min Gang (Janubiy Koreya)