FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
13 Dekabr 2023 2193

Xitoyning “CAMCE” kompaniyasi rahbariyati bilan Olimpiya shaharchasi va boshqa qurilish loyihalari muhokama qilindi

Xitoy kompaniyasi bilan “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo va Para Osiyo oʻyinlari uchun qurilayotgan Olimpiya shaharchasidagi inshootlarni yanada takomillashtirish va boshqa loyihalar ko’rib chiqildi.

Bugun Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov “САМСЕ” kompaniyasining Oʻzbekistondagi bosh vakillari Guo Zijie va Xan Xueli bilan uchrashdi. Shuningdek, unda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Qo’mita raisining birinchi o’rinbosari Ravshan Irmatov ham ishtirok etishdi.

Uchrashuvda tomonlar Olimpiya shaharchasidagi qurilish ishlarini jadallashtirish, ish samaradorligini oshirish kabi mavzularni muhokama qilishdi. Kompaniya mamlakatimiz mezbonlik qiladigan “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo va Para Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha oʻz takliflarini ilgari surdi.

Oʻz navbatida, Olimpiya shaharchasini yanada kengaytirish, shuningdek, har bir sport majmuasi boʻyicha ishlarni sifatli tashkil etish hamda kelgusi rejalar boʻyicha fikr almashildi.

Text to speech