3 Iyun 2021 2181

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga 50 kun qoldi!

Bugun Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining start olishiga roppa-rosa 50 kun qoldi.

23 iyul kuni barchaning nigohi kunchiqar yurt poytaxtiga qaratiladi. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi va Yaponiya hukumati mazkur Olimpiadani barcha uchun xavfsiz va yuqori saviyada o‘tkazish uchun tayyorgarlik olib bormoqda.

O‘z navbatida, hukumatimizning qo‘llab quvvatlashi bilan Turizm va sport vazirligi hamda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi mazkur musobaqaga katta hajmda hozirlik olib bormoqda. Bir qator sport turlarida litsenzion davr yakunlanib, atletlarimiz Olimpiada medalini ko‘zlab mashg‘ulot qilishayotgan bo‘lsa, baʼzi yo‘nalishlarda so‘nggi litsenzion musobaqaga tayyorgarlik ko‘rililmoqda. Nasib qilsa, bo‘lg‘usi Olimpiadada ham xalqimiz va Prezidentimizga katta quvonch ulashamiz.

Text to speech