11 Dekabr 2023 916

Taekvondochilarimiz hal qiluvchi musobaqaga jo‘nab ketishdi

Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Xitoyga yo‘l oldi. Hamyurtlarimiz Usi shahrida o‘tkaziladigan yilning so‘nggi va hal qiluvchi “Katta dubulg‘a” turnirida ishtirok etishadi.

Dasturga ko‘ra, 13-14 dekabr kunlari musobaqaning saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi. 16-17 dekabrda esa hal qiluvchi bellashuvlarga navbat beriladi. Eslatib o‘tamiz, ushbu sport turida “Katta dubulg‘a” turniri uchun ham alohida reyting yuritilib, unda peshqadamlik qilgan 1 ta atlet Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.

Jamoamiz tarkibida Ulug‘bek Rashitov hamda Svetlana Osipova kichik jarohat sabab ushbu turnirni o‘tkazib yuborishadi. Pavel Xan boshchiligidagi sportchilarimiz quyidagi tarkibda Xitoyga uchib ketishdi:

-58 kg: Omonjon Otajonov
-58 kg: Amirbek To‘rayev
-80 kg: Najmiddin Qosimxojiyev
-80 kg: Shuhrat Salayev
-80 kg: Jasur Jaysunov
+80 kg: Nikita Rafalovich
-57 kg: Charos Qayumova
-57 kg: Madina Mirabzalova
-67 kg: Feruza Sodiqova
-67 kg: Ozoda Sobirjonova

Text to speech