9 Dekabr 2023 1222

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida Xorazm viloyati peshqadam bo‘ldi

“Yunusobod sport majmuasi” mezbonlik qilgan dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakuniga yetdi. Musobaqaning so‘nggi kunida og‘ir vazn toifasidagi sportchilar g‘oliblik uchun bellashishdi. Ahamiyatlisi, erkaklar o‘rtasidagi bahslarda yangi chempionlar aniqlandi.

Yakunida 3 ta oltin, 1 ta kumush va 5 ta bronza medallarini jamg‘argan Xorazm viloyati umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari mos ravishda kuchli uchlikni yakunlab berishdi. So‘nggi kun dasturida shohsupaga ko‘tarilgan sportchilar:

Erkaklar, -90 kg:
1. Shahzodxo‘ja Sharipov (Buxoro)
2. Jaloliddin Qurbonmurodov (Qashqadaryo)
3. Azizbek Avazmurodov (Toshkent)
3. Otabek To‘raboyev (Surxondaryo)

-100 kg:
1. Ernazar Sarsenbayev (Qoraqalpog‘iston)
2. Rustam Shorahmatov (Surxondaryo)
3. Shermuhammad Jandreyev (Surxondaryo)
3. Muhammadqodir Mansurov (Toshkent vil.)

+100 kg:
1. O‘tkirbek To‘raboyev (Surxondaryo)
2. Islombek Ravshanqulov (Qashqadaryo)
3. Bekmurod Oltiboyev (Surxondaryo)
3. Bahrom Rajabov (Toshkent)

Ayollar, -78 kg:
1. Shirinjon Yo‘ldosheva (Xorazm)
2. Farangiz Xolmurodova (Qashqadaryo)
3. Fillura Ergasheva (Qashqadaryo)
3. Nodira Yo‘ldosheva (Toshkent)

+78 kg:
1. Fotima Quramboyeva (Xorazm)
2. Mohlaroyim To‘xtamisheva (Toshkent)
3. Pokizaxon Kamoliddinova (Toshkent)
3. Hosiyat Masharipova (Xorazm)

Text to speech