Bokschilarimiz navbatdagi yig’inni boshlashdi
Boks boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinini boshladi. Mazkur yigʻinga yaqinda yakuniga yetgan mamlakat birinchiligida oʻzini koʻrsatgan bokschilar jalb qilingan.
Ahamiyatlisi, erkaklar terma jamoamiz bilan mashgʻulotlarga Isroil Madrimov kelib qoʻshildi. Yanvar oyida professional boksda navbatdagi jangini oʻtkazadigan Osiyo oʻyinlari gʻolibi tayyorgarlikning asosiy qismini Yangiobodda olib boradi. Shuningdek, qizlarimiz ham maxsus reja asosida tayyorgarlikni davom ettirishyapti. Hozirgi mashgʻulotlar asosan umumiy jismoniy tayyorgarlikni kuchaytirishga qaratilgan boʻlib, 17-dekabrga qadar davom etadi.
Yigʻin kelasi yilning 29-fevral – 12-mart kunlari Italiyada oʻtadigan jahon litsenzion turniriga tayyorgarlikning dastlabki bosqichi boʻlib xizmat qiladi.