5 Dekabr 2023 1628

O‘smir bokschilarimiz jahon chempionatini yuqori notada yakunlashdi

Armaniston poytaxti Yerevan shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Jahon chempionati o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza, jami 11 ta medal bilan umumjamoa hisobida Rossiya va Armanistondan keyin uchinchi o‘rinni egalladi. So‘nggi kun dasturida o‘tkazilgan finallarda ringga ko‘tarilgan 3 ta bokschimiz ham g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. G‘olib va sovrindorlar bilan tanishing:

Oltin medal:
-57 kg: Sevara Mamatova
+80 kg: Sobiraxon Shahobiddinova
-60 kg: Feruzjon Saʼdullayev
+80 kg: Islom Salihov

Kumush medal:
-46 kg: Maftuna Musurmonova
-75 kg: Maftuna Yangiyeva
-63 kg: Hikmatillo O‘lmasov

Bronza medal:
-46 kg: Abdurahmon Mahmudjonov
-66 kg: Akbar Ahmadov
-50 kg: Husan Qahhorov
-70 kg: Norbek Abdullayev

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ushbu jahon chempionatida qo‘lga kiritilgan ulkan natija bilan mamlakat boks federatsiyasi, murabbiylar shtabi va yosh bokschilarimizni samimiy qutlaydi.

Text to speech