Olimpiada sovrindori Magomed Ibragimovni tabriklaymiz!
Bugun erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi, Rio Olimpiadasi sovrindori Magomed Ibragimov o‘z tavallud kunini nishonlayapti.
Magomed Ibragimov 1985-yilning 2-iyun kuni dunyoga kelgan. Kasum Nasrudinov va Mayrbek Yusupov qo‘l ostida erkin kurash sir-asrorlarini o‘rgangan. Xalqaro musobaqalarda -97 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilib kelmoqda.
Magomed Ibragimov Rio-2016 Olimpiadasida terma jamoamizga bronza medalini taqdim etgan. U 2018-yili Indoneziyaning Jakarta shahrida o‘tkazilgan XVIII Osiyo o‘yinlarida ham bronza medalini qo‘lga kiritgan. 2017-yili Nyu-Dehli, 2018-yilda esa Bishkekda Osiyo chempioni bo‘lgan. Shu yil Qozog‘istonda o‘tgan Osiyo litsenzion turnirida Tokio-2020 Olimpiadasi yo‘llanmasini naqd qildi.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Magomed Ibragimovni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.