Sport kurashlari boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga start berildi
Poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida sport kurashlari boʻyicha kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati start oldi. Unda Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan mahoratli sportchilar gʻoliblik uchun kurash olib olib borishmoqda.
Musobaqani yunon-rum kurashi ustalari boshlab berishdi. Kechki dastur final bellashuvlaridan avval ochilish marosimi ham oʻtkazildi. Kutilganidek, asosiy terma jamoada yetakchi boʻlgan Jasur Ortiqboyev, Islomjon Bahromov, Muhammadqodir Rasulov kabi polvonlar yana bir karra mamlakat chempionligini qoʻlga kiritishdi. Gʻolib va sovrindorlar bilan tanishing:
-55 kg:
1. Jasur Ortiqboyev (Toshkent vil.)
2. Ixtiyor Botirov (Toshkent vil.)
3. Mirjalol Qosimov (Xorazm)
3. Saidislom Teshaboyev (Andijon)
-63 kg:
1. Islom Bahromov (Samarqand)
2. Husniddin Olimboyev (Xorazm)
3. Aleksandr Yegorov (Toshkent sh.)
3. Toʻrabek Tirkashev (Samarqand)
-72 kg:
1. Abdullo Aliyev (Andijon)
2. Jamol Jumaboyev (Buxoro)
3. Sobirjon Kazakbayev (Jizzax)
3. Shohruh Abdullayev (Toshkent vil.)
-82 kg:
1. Muhammadqodir Rasulov (Fargʻona)
2. Toʻlqin Tuyev (Buxoro)
3. Abror Maʼmirov (Andijon)
3. Dilshod Mamadaminov (Toshkent sh.)
-97 kg:
1. Abduqodir Jalilov (Qashqadaryo)
2. Botir Qandilov (Qashqadaryo)
3. Damirjon Rahmatov (Fargʻona)
3. Javlon Tirkashev (Samarqand)