FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3 Dekabr 2023 3849

Ajoyib yangilik: Shohruh Davlatov marafon dasturida Parij-2024 yoʻllanmasiga ega boʻldi

Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, yarim marafon boʻyicha milliy rekord sohibi Shohruh Davlatov marafon dasturida (42 km, 195 metr) Parij-2024 Olimpiada normativini bajarishga muvaffaq boʻldi. Hamyurtimiz Ispaniyada oʻtgan nufuzli “Valencia Marathon Trinidad Alfonso” musobaqasidagi natijasi orqali 4 yillikning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldi.

Davlatov mazkur turnirda 2:07:02 (2 soat, 7 daqiqa, 2 soniya) natija qayd etdi. Bu Parij-2024 Olimpiadasi uchun qoʻyilgan talabdan 1 daqiqa, 8 soniya yaxshiroq natija. Shuningdek, Shohruh ushbu koʻrsatkich bilan 38 yil avval oʻrnatilgan milliy rekordni (2:13:28) ham yangilashga muvaffaq boʻldi. Valensiyadagi nufuzli musobaqada Davlatov umumiy hisobda 18-oʻrinni egallagan.

Shuni alohida taʼkidlash oʻrinliki, surxondaryolik atletimiz ushbu natijaga erishish uchun soʻnggi ikki yil ichida bir necha oy dunyoning eng kuchli marafonchilari yetishib chiqqan Keniyada oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarida ishtirok etdi. Bu Oʻzbekiston delegatsiyasining Parij-2024 Olimpiadasiga qoʻlga kiritgan 15-yoʻllanmasi.

Text to speech