2 Iyun 2021
2473
Poytaxtimizda o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi JCH sarhisob qilindi
Bugun Milliy matbuot markazida 23-31 may kunlari poytaxtimizda o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi JCH sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi vitse-prezidenti Shahrullo Mahmudov, og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Bahrom Mendiboyev, MOQ vakillari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida mutasaddilar ortda qolgan musobaqa xulosalari, oldinga qo‘yilgan rejalar, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga olib borilayotgan tayyorgarlik bo‘yicha batafsil gapirib o‘tishdi. Quyida ushbu matbuot anjumanining to‘liq qismini tomosha qilishingiz mumkin: