1 Dekabr 2023 696

Bugun jahon chempionatida finalchilar aniqlanadi

Armanistonda o‘tayotgan boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida bugun yarim final bellashuvlari o‘tkaziladi. Qayd etish joiz, ushbu bosqichga O‘zbekiston terma jamoasining 11 nafar a’zosi yetib kelgan va ularning barchasi o‘zlari uchun kamida bronza medalini naqd qilishgan. Biroq biz bugun barcha yurtdoshlarimizdan ajoyib g‘alabalar va ko‘proq final yo‘llanmalarini kutamiz. Kechki dasturda jang qiladigan bokschilarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:

-46 kg: Maftuna Musurmonova - Klaudia Aparisi Alsaniz (Ispaniya) 
-57 kg: Sevara Mamatova - Anastasiya Taratinova (Rossiya) 
-75 kg: Maftuna Yangiyeva - Kritika Vasan (Hindiston) 
+80 kg: Sobiraxon Shahobiddinova - Zayneb Sammar (Belgiya) 
-46 kg: Abdurahmon Mahmudjonov - Arno Darchinyan (Armaniston) 
-50 kg: Husan Qahhorov - Angel Dimitrov (Bolgariya) 
-60 kg: Feruzjon Sadullayev - Akaki Basaria (Gruziya) 
-63 kg: Hikmatillo O‘lmasov - Xaviyer Derlys Martinez (Ekvador) 
-66 kg: Akbar Ahmadov - Argishti Hakobyan (Armaniston) 
-70 kg: Norbek Abdullayev - Samvel Siramargyan (Armaniston) 
+80 kg: Islom Salihov - Yan Bogdanov (Rossiya) 

Text to speech