30 Noyabr 2023
882
Suzuvchimiz Amerikada sovrindor bo‘ldi
Amerika Qoʻshma Shtatlarining Shimoliy Karolina shtatida suzish boʻyicha “Toyota US Open” xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. Ahamiyatlisi, unda ishtirok etgan hamyurtimiz Ilya Sibirsev 800 metr masofaga erkin usulda suzish bahsida shohsupaga koʻtarildi.
Qoʻshma shtatlarning mahoratli suzuvchilari bilan bellashgan yurtdoshimiz 7:54.36 daqiqa qayd etib, musobaqaning bronza medaliga sazovor boʻldi. Mazkur dasturda amerikalik Charli Klark gʻalaba qozongan boʻlsa, ayollar oʻrtasidagi bahslarda 7 karra Olimpiada chempioni Keti Ledeki marraga birinchi boʻlib yetib kelgan.