30 Noyabr 2023 627

Taekvondochilarimiz Manchester Gran-prisida

2-3-dekabr kunlari Angliyaning Manchester shahrida taekvondo WT boʻyicha yakuniy Gran-pri musobaqasi boʻlib oʻtadi. Unda oʻz vazn toifalarida dunyoning eng kuchli 16 nafar sportchisi ishtirok etadi. Turnir G10 toifasiga kirib, gʻolib sportchi 100 reyting ochkosiga ega boʻladi. Musobaqada ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasi Manchester shahriga yoʻl oldi. Hamyurtlarimiz “Tumanli Albion”ga quyidagi tarkibda joʻnab ketdi:

-68 kg: Ulugʻbek Rashitov
-80 kg: Shuhrat Salayev
-87 kg: Nikita Rafalovich
-62 kg: Feruza Sodiqova
+73 kg: Svetlana Osipova

Text to speech