2 Iyun 2021 1806

Muattar Nabiyevani tabriklaymiz!

Bugun og‘ir atletika bo‘yicha terma jamoamiz aʼzosi Muattar Nabiyeva tavallud ayyomini nishonlashmoqda.

Muattar Nabiyeva 1996 yil 2 iyun kuni Andijon viloyatining Baliqchi tumanida tug‘ilgan. Faoliyati davomida yoshlar va kattalar toifasida bir qator nufuzli musobaqalarda g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olgan. Jumladan, so‘nggi Osiyo va jahon chempionati sovrindori. 2019 yil Tailandda o‘tgan dunyo birinchiligida sovrindor bo‘lib, -55 kg vazn toifasida Tokio Olimpiadasining yo‘llanmasini deyarli naqd qilib qo‘ydi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Muattar Nabiyevani tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan g‘alabalar tilab qoladi.

Text to speech