1 Iyun 2021 2562

Ular Tokioga borishadi: Jahon chempionati kashfiyoti Dilshod Ro‘zmetov

O‘zbekiston MOQ matbuot xizmati Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan sportchilarimiz haqida batafsil ma’lumot beruvchi “Ular Tokioga borishadi” loyihasini davom ettiradi. Uning bugungi soni boks bo‘yicha terma jamoamiz vakili Dilshod Ro‘zmetovga ataladi.

Dilshod Yusupbay o‘g‘li Ro‘zmetov 1999 yil 12 mart kuni Xorazmda tug‘ilgan. 2010 yildan boks bilan shug‘ullanishni boshlagan. Dastlabki murabbiyi Ilhom Sa’dullayev. Hozirda Farruh Qilichev qo‘l ostida mashg‘ulotlarni olib boradi.

Asosan chap qo‘lda jang qiladigan bokschimiz 2015 yil o‘smirlar o‘rtasida Osiyo va jahon chempionatlarida kumush medalni qo‘lga kiritgan. 2018 yildan kattalar terma jamoasiga jalb qilindi.

Bokschimizning iste’dodiga ishongan murabbiylar uni 2019 yil Yekaterinburgda kattalar o‘rtasida o‘tgan jahon chempionatiga olib borishdi. Yosh sportchimiz esa o‘ziga bildirilgan ishonchni to‘liq oqladi. Kattalar o‘rtasida nufuzli musobaqalarda debyut qilishiga qaramay Ro‘zmetov finalgacha yetib bordi va yakunda kumush medal bilan taqdirlandi. Kecha BAAda o‘tgan Osiyo chempionatida esa -81 kg vazn toifasida chempionlikni tantana qildi.

Ro‘zmetov Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining maxsus komissiyasi tomonidan e’lon qilingan reyting yakuni bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.

Text to speech