24 Noyabr 2023 813

Yosh bokschilarimiz bugun Armanistondagi jahon chempionatida ishtiroklarini boshlashadi

Bugun Armanistonda boks boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempionati start oladi. Mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda ishtirok etyapti. Birinchi kun dasturida Abdulaziz Abdunazarov (-48 kg), Ibrohim Gʻiyosov (-52 kg), Pahlavonjon Ibrohimov (-57 kg) va Hikmatillo Oʻlmasov (-63 kg) bahs olib borishadi. Musobaqada ishtirok etayotgan toʻliq tarkbimiz quyidagicha:

Yigitlar:
-46 kg: Abdurahmon Mahmudjonov
-48 kg: Abdulaziz Abdunazarov
-50 kg: Husan Qahhorov
-52 kg: Ibrohim Gʻiyosov
-54 kg: Shahbozbek Ergashev
-57 kg: Pahlavonjon Ibrohimov
-60 kg: Firuzjon Saʼdullayev
-63 kg: Hikmatillo Oʻlmasov
-66 kg: Akbar Ahmadov
-70 kg: Norbek Abdullayev
-75 kg: Ruslan Esanov
-80 kg: Muhammadrizo Siddiqov
+80 kg: Islom Solihov

Qizlar:
-46 kg: Maftuna Musurmonova
-57 kg: Sevara Mamatova
-70 kg: Rayhona Qurbonboyeva
-75 kg: Maftuna Yangiyeva
+ 80 kg: Sobiraxon Shahobiddinova

Text to speech