23 Noyabr 2023 803

O‘zbekiston chempionati qizg‘in davom etmoqda

Toshkentda boks boʻyicha kattalar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati davom etmoqda. Ayni paytda musobaqaning saralash bosqich bahslari oʻtkazilyapti.

Bugun ham bir qator qiziqarli bellashuvlar kutib turibdi. Ushbu kun dasturidan jahon chempionati sovrindori Aziza Yakubova, yoshlar oʻrtasida jahon chempioni Gulsevar Gʻaniyeva, shuningdek, jahon chempioni Ruslan Abdullayev, kuni kecha professional boks oqshomida muvaffaqiyatli jang qilgan Mujbillo Tursunov kabi nomdor bokschilarning chiqishi joy olgan. Dasturga koʻra, soat 11:00 da ayollar, 15:00 da erkaklar oʻrtasidagi janglar boshlanadi.

Text to speech