FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
20 Noyabr 2023 2009

Meksikada Xalqaro ot sporti federatsiyasining Bosh Assambleyasi o‘tkazilmoqda

Ayni kunlarda Meksikada Xalqaro yilqichilik va ot sporti federatsiyasining Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda tashkilot prezidenti Ingmar De Vos, shuningdek, mintaqaviy konfederatsiyalar va milliy federatsiyalar rahbarlari, Ijroiya qo‘mita a’zolari ishtirok etyapti. Mamlakatimiz nomidan esa O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev qatnashmoqda.

Bosh Assambleyaning dastlabki kunida ortda qolgan yirik sport tadbirlarining sarhisobi ko‘rib chiqildi. Unda Xanchjou shahrida tashkil etilgan Osiyo o‘yinlari doirasidagi ot sporti bellashuvlarining yuqori saviyada o‘tkazilgani alohida tilga olindi. Shundan so‘ng xalqaro federatsiya tizimida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari, qolaversa, 2026-yil Germaniyaning Aaxen shahrida o‘tadigan jahon chempionati va boshqa nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik, reglament va qoidalarga kiritiladigan o‘zgarishlar xususida fikr almashilmoqda.

Xalqaro tashkilot tomonidan 2024-2027-yillar uchun etika va otlarning huquqlarini muhofaza qiluvchi komissiya tashkil etilgani alohida muhokama qilinmoqda. Qolaversa, Bosh Assambleya “A” toifasi uchun sakrash qoidalariga kiritiladigan o‘zgarishlar, ballarni hisoblash tizimi, mukofot jamg‘armasiga qo‘yiladigan talablar kabi mavzularni qamrab oldi.

Text to speech