FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
20 Noyabr 2023 2021

Hafta qilichbozlarimiz uchun omadli oʻtdi

Dam olish kunlari dunyoning bir qator shaharlarida qilichbozlikning barcha yoʻnalishlarida yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogi bosqichidan oʻrin olgan bellashuvlar oʻtkazildi. Ahamiyatlisi, unda ishtirok etgan hamyurtlarimiz sovrinli oʻrinlarni egallashdi.

Xabar berganimizdek, 18-19-noyabr kunlari Toshkent sablya boʻyicha qizlar oʻrtasidagi bahslarga mezbonlik qilib, unda yurtdoshlarimiz ham yakkalik, ham jamoaviy dasturda oltin medallarni qoʻlga kiritishdi. Yosh qilichbozlarimizning boshqa mamlakatlardagi ishtiroki ham muvaffaqiyatli boʻldi.

Tunis shahri sablya boʻyicha yigitlar oʻrtasidagi bahslarni oʻzida qabul qildi. Unda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni Zuhriddin Qodirov yakkalik dasturida kumush medalga sazovor boʻldi. Zuhriddin, shuningdek, jamoaviy dasturda Islombek Abdazov, Musa Aymuratov, Azizbek Dauletnazarov bilan shohsupaning ikkinchi pogʻonasidan joy oldi.

Peru mezbonlik qilgan shpagachi qizlar bahsida esa Shahzoda Egamberdiyeva, Dilnaz Murzatayeva, Bibimaryam Saparovadan iborat trio jamoaviy dasturda bronza medallari bilan taqdirlandi.

Text to speech