Yosh dzyudochilarimiz ham qitʼa birinchiligida tengsiz bo‘lishdi
Toshkentda dzyudo boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning oxirgi kunida ogʻir vazn toifasidagi yoshlar medallar uchun kurash olib borishdi.
Quvonarlisi, turnir yakunida hamyurtlarimiz 7 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza, jami 16 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi boʻlishdi. Eslatib oʻtamiz, oʻsmirlar toifasidagi bahslarda ham dzyudochilarimiz birinchilikni qoʻlga kiritishgan edi. Soʻnggi kun dasturida shohsupaga koʻtarilgan yurtdoshlarimiz:
Oltin medal:
-100 kg: Rustam Shorahmatov
+100 kg: Mahmudjon Mahsudov
-70 kg: Barchinoy Qodirova
-78 kg: Shirinjon Yoʻldosheva
+78 kg: Fotima Quramboyeva
Kumush medal:
-81 kg: Shahzodxoʻja Sharipov
Bronza medal:
-81 kg: Ahror Ziyodullayev
-90 kg: Alisher Samanov
+100 kg: Abdulloh Xudoyorov
-63 kg: Sarvinoz Husanova
+78 kg: Mohlaroyim Toʻxtamisheva