FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
19 Noyabr 2023 2483

“Yangi nafas” ommaviy yugurish marafoni sportsevar yoshlarni birlashtirdi

Bugun yurtimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 32 yilligi munosabati bilan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizning 16 ta shahrida bir vaqtda tashkil etilgan sport tadbiri sog‘lom turmush tarzi tarafdorlarini o‘zida jamladi.

Musobaqa Toshkent shahrida 3 va 10 km, Nurafshon, Guliston, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qorovulbozor, Termiz, Qarshi, Gʻuzor, Xiva va Nukus shaharlarida 3 km masofaga yugurish bahslari bo‘yicha tashkil etildi.

Poytaxtimizda o‘tgan tantanali ochilish marosimida so‘z olgan rasmiylar bu kabi musobaqalarni o‘tkazish an’ana tusiga kirib qolgani, bu orqali mamlakatimiz aholisi orasida sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti yanada kuchayib borayotgani haqida to‘xtalishdi.

Bellashuvlarda hamyurtlarimizdan tashqari qo‘shni mamlakatlardan ham atletlar ishtirok etishdi. Toshkent shahrida o‘tgan poygalarning g‘olib va sovrindorlari ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

3 km, ayollar:
1. Anastasiya Silchenkova
2. O‘g‘iloy Muzaffarova
3. Marjona Oqqo‘ziyeva

Erkaklar:
1. Hasan Mirsoatov
2. Ahrorjon Mahmujadiyev
3. Shahram Abdurahmonov

10 km, ayollar:
1. Marina Xmelevskaya
2. Marjona Ahmadaliyeva
3. Alina Hakimova

Erkaklar:
1. Nodirbek Mutalipov
2. Baxtiyor Ortiqov
3. Eldiyor Qodirov

Text to speech