1 Iyun 2021 2241

“Sportni sev, sport bilan yasha!”: May oyida samarqandlik 10 ming nafardan ortiq yoshlar basketbol bo‘yicha bellashishdi

Turizm va sport vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan “Sportni sev, sport bilan yasha!” Respublika ommaviy musobaqasi davom etmoqda. Ortda qolgan may oyida Samarqand yoshlari basketbol bo‘yicha bahs olib borishdi.

To‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra, oy davomida viloyatning shahar va tumanlarida 490 dan ortiq mahallada bellashuvlar o‘tkazilib, ularda 10 070 nafar yoshlar ishtirok etishgan. Oyning so‘nggi kuni o‘z hududlarida yetakchi bo‘lgan jamoalar viloyat birinchiligi uchun maydonga chiqishdi. Musobaqa 17 va 30 yoshgacha bo‘lgan toifalarda o‘tkazildi. E’tiborlisi, har ikki yo‘nalishda Samarqand shahri vakillari g‘alabani qo‘lga kiritdilar.

17 yoshgacha:
1. Samarqand shahri
2. Oqdaryo tumani
3. Samarqand tumani

30 yoshgacha:
1. Samarqand shahri
2. Pastdarg‘om tumani
3. Narpay tumani

Text to speech