FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
18 Noyabr 2023 2202

Dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi

Toshkentda dzyudo boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda. Bugun yoshlar toifasidagi bellashuvlar boshlandi. Biroz avval yurtimiz birinchi bor mezbonlik qilayotgan mazkur turnirning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda Osiyo dzyudo federatsiyasi prezidenti Obayd Al Anzi, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, MOQ raisi oʻrinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov ishtirok etishdi. Tadbirda soʻz olgan Adham Ikramov O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i qabul qilingan kun bilan barcha yurtdoshlarimizni qutladi va musobaqada ishtirok etayotgan barcha sportchilarga omad tiladi.

Shundan soʻng marosimning badiiy qismiga navbat berildi. Dasturga koʻra, ochilish marosimidan soʻng kunning final blokidan oʻrin olgan bellashuvlarga navbat berildi.

Text to speech