FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
18 Noyabr 2023 2225

Rasman: Oʻsmirlarimiz pley-off bosqichiga yoʻl olishdi!

Indoneziya yashil maydonlarida oʻtayotgan futbol boʻyicha U-17 jahon chempionatida guruh bosqichi bellashuvlari deyarli yakuniga yetdi. Eʼtiborli tomoni, unda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi pley-off bosqichiga yoʻl oldi.

“В” guruhidan o’rin olgan yoshlarimiz 4 ochko jamgʻarib, uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan edi. Reglamentga koʻra, barcha guruhlar ichida eng koʻp ochko toʻplagan 4 ta uchinchi oʻrin egalari nimchorak final ishtirokchisiga aylanadi. Bu borada jamoamiz to’rtinchi natija bilan pley-off masalasini ijobiy hal qildi.

Endi hamyurtlarimiz 22-noyabr kuni Jakarta shahrida “С” guruhida birinchi oʻrinni egallagan angliyalik oʻsmirlarga qarshi maydonga chiqishadi. Boʻlajak bahsda futbolchilarimizga omad tilaymiz!

Text to speech