1 Iyun 2021 2461

“Sportni sev, sport bilan yasha!”: Buxoroda badminton ustalari bahs olib borishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–6099-sonli Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida Turizm va sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasi “Sportni sev, sport bilan yasha!” Respublika ommaviy musobaqasini tashkil etgani haqida xabar bergan edik. May oyi Buxoro viloyatida ham ushbu musobaqa doirasida qiziqarli bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Rejaga ko‘ra, viloyat yoshlari may oyi davomida badminton bo‘yicha bahs olib borishdi. Buxoro shahri ushbu sport turida terma jamoaga bir qator iqtidorli yoshlarni yetkazib berishi sir emas. Shu bois musobaqa viloyat murabbiylari uchun o‘ziga xos seleksiya vazifasini ham o‘tab berdi. Yakuniy natijalarga to‘xtaladigan bo‘lsak, erkaklar o‘rtasida Buxoro shahri vakili Amrullo Baxshulloyev, ayollar toifasida g‘ijduvonlik Munisa Jo‘rayeva barcha raqiblarini mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritishdi. Batafsil:

“Sportni sev, sport bilan yasha!”, Buxoro
Erkaklar:
1. Amrullo Baxshullayev (Buxoro shahri)
2. Azamat Murodov (G‘ijduvon tumani)
3. Muhammad Jurayev (Qorako‘l tumani)

Ayollar:
1. Munisa Jo‘rayeva (G‘ijduvon tumani)
2. Yasmina Sa’dullayeva (Buxoro shahri)
3. Nafosat Hamroyeva (Romitan tumani)

Rejaga ko‘ra, viloyat yoshlari iyun oyida basketbol bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etishadi.

Text to speech