FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
15 Noyabr 2023 2508

Bokschilarimiz muxlislarimizni qo‘llab-quvvatlashga chorlashdi

17 noyabr kuni “Humo arena”da o‘tadigan professional boks oqshomi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Butunjahon boks kengashi (WBC) prezidenti Maurisio Sulaymon, O‘zbekiston professional boks federatsiyasining birinchi vise-prezidenti Gʻofur Rahimov, yurtimizda mehmon bo‘lib turgan jahon boksi yulduzi Evander Xolifild, 2 kundan so‘ng ringga ko‘tariladigan bokschilar va OAV xodimlari ishtirok etishdi. 

Tadbirda Maurisio Sulaymon WBC ning 61-konvensiyasi yuqori saviyada o‘tkazilayotganini ta’kidlab, bo‘lajak janglarda bokschilarga omad tiladi. O‘z navbatida, hamyurtlarimiz bildirilgan ishonchni oqlashga va’da berishdi. Xususan, Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov Parij-2024 Olimpiadasidan so‘ng bor e’tiborini WBC chempionlik kamarini qo‘lga kiritishga qaratishini bildirdi. Shuningdek, barcha muxlislarni bo‘lajak oqshomda bokschilarimizni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. 

Tadbir davomida jurnalistlar bokschilarimizning tayyorgarligi, ularning kelgusi rejalari va raqiblari haqidagi qiziqarli savollariga atroflicha javob olishdi.

Text to speech