31 May 2021 2263

Yigitlarimiz Osiyoda kim kuchli ekanini yana bir karra ko‘rsatib qo‘yishdi

BAAda boks bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Ma’lum qilganimizdek, bugun erkaklar o‘rtasida final janglari o‘tkazildi.

10 vazn toifasidan 7 tasida hamyurtlarimiz qit’a chempionligi uchun bahs olib borishdi. Ularning 6 nafari esa terma jamoamiz hisobiga oltin medallarni taqdim qildi. Markaziy jang +91 kg vazn toifasida Bahodir Jalolov va Kamshibek Konkabayev o‘rtasida kechdi. Jang davomida to‘liq ustunlik qilgan Jalolov yakunda yana bir g‘alabani tantana qildi. Batafsil:

-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov – Daniyal Sabit (Qozog‘iston) 5:0
-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Amit (Hindiston) 3:2
-56 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – Xarku Enx-Amar (Mo‘g‘uliston) 2:3
-69 kg: Bobousmon Baturov – Ablayxan Jusupov (Qozog‘iston) 3:2
-75 kg: Saidjamshid Ja’farov – Abilxan Amankul (Qozog‘iston) 4:1
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov – Meysam Geshlagi (Eron) 3:2
+91 kg: Bahodir Jalolov – Kamshibek Konkabayev (Qozog‘iston) 5:0

Shu tariqa, bokschi yigitlarimiz o‘z yo‘nalishlarida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Erkaklar jamoamiz ushbu chempionatni 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 10 ta medal bilan yakunlashdi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bokschilarimizni, ularning murabbiylarini va O‘zbekiston boks federatsiyasini Osiyo chempionatidagi yana bir muvaffaqiyat bilan samimiy qutlab qoladi.

Text to speech