FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
12 Noyabr 2023 3054

Yarim marafon dasturidagi Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta kumush medalni qoʻlga kiritdi

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yengil atletikaning yarim marafon yoʻnalishi boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi musobaqani 2 ta kumush medal bilan yakunladi.

Yakkalik yoʻnalishida 1 soat 13 daqiqa 29 soniya natija qayd etgan Hamidova 5 yil avval oʻzi oʻrnatgan Oʻzbekiston rekordini yangilashga erishdi. Ushbu natija yurtdoshimizga kumush medalni taqdim qildi. Oltin medal Yaponiya, bronza medali esa Qirgʻiziston terma jamoasi aʼzosiga nasib etdi. Mazkur dasturda Xmelevskaya sakkizinchi, Mirakbarova oʻn yettinchi boʻlib marraga yetib kelishdi.

Shuningdek, uch nafar sportchimizning umumiy hisobdagi 3:46:08 natijasi jamoaviy dasturda kumush medallarni taqdim qildi. Ushbu yoʻnalishdi Qirgʻiziston jamoasi oltin, Hindiston esa bronza medaliga sazovor boʻldi.

Text to speech