12 Noyabr 2023 896

Ilk bor sambochi qizlarimiz jahon chempionatida g’alaba qozonishdi

Ayni kunlarda Armaniston poytaxti Yerevan shahrida sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugunga kelib, O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Qayd etish joiz, har ikki oltin medal qizlarimiz hisobiga yozildi. Ahamiyatli tomoni, bu sambochi qizlarimizning kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida qo‘lga kiritgan ilk oltin medallari hisoblanadi. Ayni paytgacha shohsupaga ko‘tarilgan sportchilarimiz:

 Oltin medal:
-50 kg: Gulsevar O‘roqova
-59 kg: Ibodatxon Agojonova

 Kumush medal:
-79 kg: Furqat Ro‘ziyev

 Bronza medal:
-71 kg: Sarbon Ernazarov
-58 kg: Lutfilla Saydamatov (jangovar sambo)
-64 kg: Muhammadali Sa’dullayev (jangovar sambo)

Text to speech