Xanchjou-2022, Parij-2024: Badmintonchilarimizning rejalari muhokama markazida
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati Olimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiya va assotsiatsiyalarimizning Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga olib borayotgan tayyorgarlik rejalarini o‘rganib chiqishda davom etadi. Bugun MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov O‘zbekiston badminton federatsiyada ana shunday rejalarni muhokama qildi. MOQ rahbarini federatsiya bosh kotibi Onajon Jumaniyazova qarshi oldi. Suhbatda, shuningdek, 3 nafar murabbiy va MOQ mutasaddilari ham ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida Rustam Shoabdurahmonov mamlakatimizda ommaviy sport targ‘ibotini badminton misolida yanada kuchaytirish, sportchilarimiz mahoratini oshirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi. Bu borada badmintonchilarimiz uchun xalqaro musobaqa va o‘quv-mashg‘ulotlarini yo‘lga qo‘yish, shu asosda puxta reja ishlab chiqish lozimligi, hukumatimiz tomonidan professional sportdagi yutuqlarni ko‘paytirish uchun ishlab chiqilayotgan rejalar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, federatsiya mutasaddilariga Osiyo va Olimpiya o‘yinlari uchun tuzilgan rejalarni yanada boyitish, terma jamoalarning moddiy texnik bazasini kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. O‘z navbatida, murabbiylar tomonidan aytilgan kamchilik va muammolar tinglanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha fikrlar bildirildi.