8 Noyabr 2023 1797

Yosh karatechilarimiz Osiyo chempionatida oʻzlarining eng yaxshi natijalarini koʻrsatishdi

Qozogʻistonning Almati shahrida karatening WKF yoʻnalishi boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi medallar jamgʻarish boʻyicha oʻzining eng yaxshi natijasini qayd etdi.

Hamyurtlarimiz musobaqa davomida 3 ta oltin, 2 ta kumush va 10 ta bronza, jami 15 ta medalga sazovor boʻlishdi. Qayd etish joiz, bu natija kuni kecha qabul qilingan “Karate (WKF) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-356-son Qarorida ushbu sport turini yanada rivojlantirish borasida belgilangan vazifalarning amaliy ijrosi allaqachon boshlanganidan dalolat beradi. Musobaqada shohsupaga koʻtarilgan sportchilarimiz:

Oltin medal:
-67 kg: Abdulvahob Rashidov (oʻsmirlar)
-54 kg: Mohinur Teshaboyeva (oʻsmirlar)
-61 kg: Saida Musaxonova (oʻsmirlar)

Kumush medal:
-61 kg: Sevinch Otaboyeva (yoshlar)
-70 kg: Bekzod Zoirov (yoshlar)

Bronza medal:
-55 kg: Dilmurod Kamoliddinov (yoshlar)
-50 kg: Shodiya Ziyodullayeva (yoshlar)
-52 kg: Humoyunmirzo Halimov (oʻsmirlar)
-57 kg: Isomiddin Karimov (oʻsmirlar)
+70 kg: Sardor Bahromov (oʻsmirlar)
-47 kg: Diyora Poʻlatova (oʻsmirlar)
-66 kg: Mohichehra Abduraimova (oʻsmirlar)
-48 kg: Gulshan Alimardonova (oʻsmirlar)
Abdulaziz Rasulov (kata, oʻsmirlar)
Yigitlar oʻrtasida jamoaviy kata dasturi (oʻsmirlar)

Text to speech