FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
6 Noyabr 2023 1925

Oʻzbek sporti faxriylari oʻzlari uchun Samarqandni yangidan kashf qilishdi

Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov boshchiligidagi 30 nafar sportimiz fidoyilari uchun Samarqand shahri boʻylab sayohat tashkil qilindi. Safar davomida viloyatning tarixiy yodgorliklari boʻylab sayohat qilish barobarida yosh avlod vakillari bilan ham uchrashuv oʻtkazildi.

Samarqand Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida oʻtgan uchrashuvda ushbu dargohda tarbiya olayotgan yosh atletlar hamda ularning murabbiylari, uzoq yillar viloyatda sport rivoji yoʻlida xizmat qilgan mutasaddilar ishtirok etishdi. Faxriylarimiz bugungi kunda yoshlar uchun davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan keng imkoniyat va sharoitlar haqida gapirishar ekan, bundan unumli foydalanish zarurligi haqida maslahat berishdi. Tadbir yakunida samarqandlik bir guruh fidoyilarga “Oʻzbekiston sport faxriysi” koʻkrak nishoni topshirildi.

Safar davomida faxriylarimiz Samarqand shahrini oʻzlari uchun yangidan kashf qilishdi. Kun sayin zamonaviy qiyofa ochib borayotgan shahar bugungi kunda butun dunyodan tashrif buyurayotgan sayyohlarning eʼtiborini tortmoqda. Tashrif davomida faxriylarimiz “Boqiy shahar”, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov yodgorlik majmuasi, Samarqand turizm markazi, Amir Temur maqbarasi, Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi, Hazrati hizr majmuasi, Shohi Zinda majmuasi, Bibixonim masjidi, Registon ansambli kabi tarixiy obidalar va ziyoratgohlar boʻylab sayohat qilishdi.

Text to speech