5 Noyabr 2023 741

Samarqandda xalqaro xayriya marafoni o‘tkazildi

Bugun ro‘yi zamin sayqali nomini olgan Samarqand shahrida “Samarkand Marathon – 2023” xalqaro xayriya marafoni bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston, Ukraina kabi 40 ga yaqin mamlakatlardan havaskor va professional atletlar ishtirok etdi. Sportchilar musobaqada 2, 5, 10 km, shuningdek, yarim marafon va marafon dasturlarida yugurish bo‘yicha bahs olib borishdi. 

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansur Olloyorov ishtirok etishdi. Rasmiylar o‘z nutqlarida davlatimiz rahbari tomonidan aholi orasida sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotini kuchaytirishga katta ahamiyat qaratilayotgani, bu kabi ommaviy tadbirlar ushbu tashabbus ijrosining yorqin amaliy namunasi bo‘lishini ta’kidlashdi. Qiziqarli kechgan poygada g‘olib va sovrindorlar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi: 

2 km, erkaklar:

1. Alisher Saparov (O‘zbekiston) – 6:00

2. Abbos Aliyev (O‘zbekiston) – 6:12

3. Akmal O‘rinov (O‘zbekiston) – 6:31

2 km, ayollar:

1. Farangiz Abdujalilova (O‘zbekiston) – 8:34

2. Nigora Abdug‘afforova (O‘zbekiston) – 9:05

3. Arina Filatova (O‘zbekiston) – 9:23

5 km, erkaklar:

1. Dilmurod Xojamov (O‘zbekiston) – 15:56

2. Rashidbek Iskandarov (O‘zbekiston)– 15:58

3. Alibek Salimov (O‘zbekiston) – 15:58

5 km, ayollar:

1. Anastasiya Silchenkova (O‘zbekiston) – 19:11

2. Zarina Yakubova (O‘zbekiston) – 22:02

3. Ulyana Brodeskaya (Rossiya) – 22:10

10 km, erkaklar:

1. Ahror Mahmudaliyev (O‘zbekiston) – 32:25

2. Otabek Fayzullayev (O‘zbekiston) – 32:29

3. Bunyod Muhitdinov (O‘zbekiston) – 33:21

10 km, ayollar:

1. Kamola Ablayeva (O‘zbekiston) – 40:08

2. Rachabmo Abdulloyeva (Tojikiston) – 45:39

3. Inobat Tojiboyeva (O‘zbekiston) – 43:55

Yarim marafon, erkaklar:

1. Mixail Kulkov (Rossiya) – 1:07:08

2. Nodirbek Mutalipov (O‘zbekiston) - 1:08:31

3. Oybek Mutalipov (O‘zbekiston) - 1:08:44

Yarim marafon, ayollar:

1. Svetlana Kudzelich (Belarus) - 1:17:54

2. Shohsanam Xurramova (O‘zbekiston) - 1:19:54

3.Aziza Mirzakbarova (O‘zbekiston) - 1:22:47

Marafon, erkaklar

1. Bekzod Baymatov (O‘zbekiston) – 2:23:18

2.Islam Amangos (Qozog‘iston) – 2:27:45

3.Yerjan Yanarstanov (Qozog‘iston) – 2:28:27

Marafon, ayollar:

1. Yekaterina Vasilchenko (Ukraina) – 3:13:03

2. Sabina Tolacheva (O‘zbekiston) - 3:23:53

3. Olga Popova (Rossiya) - 3:37:33

Text to speech