31 May 2021 2451

Qoraqalpog‘istonda 5 tashabbus targ‘iboti

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimiz yoshlarining bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish, ularni madaniyat, sport, ilm-fan, san’at sohalariga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish bo‘yicha 5 muhim tashabbus ishlab chiqilgan bo‘lib, yurtimiz bo‘ylab uning targ‘ibot ishlari jadal olib borilmoqda. Ayniqsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ishlarni alohida ta’kidlab o‘tish mumkin.

Yakuniga yetgan hafta Respublika markazi Nukus shahrida DXX kubogi, “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida mini-futbol, voleybol, basketbol, yengil atletika, vorkaut va boshqa bir qator yo‘nalishlarda sport musobaqalari tashkil etildi. Bu orqali Respublika yoshlari orasida sport targ‘iboti yanada kengaymoqda.

Ayniqsa, Mo‘ynoq hududiga bo‘lgan e’tibor har qachongidan yuqori. MOQ ham bu borada o‘z hissasini qo‘shmoqda. Qo‘mita vakili Mirsardor Alimov ushbu hududga amalga oshirgan navbatdagi safari davomida ham tuman yoshlarini ommaviy sportga jalb etish va ularni jismoniy tarbiyaga qiziqtirish bo‘yicha qator amaliy ishlarni amalga oshirdi. Mazkur tadbirlarda tuman hokimi Yerpo‘lat Yedenbayev ham ishtirok etib, sport Mo‘ynoq yoshlarining tobora sevimli mashg‘ulotiga aylanib borayotgani, hukumatimizning bu boradagi e’tibori haqida gapirib o‘tdi. Shundan so‘ng tuman yoshlari uchun 50 million so‘m miqdoridagi sport anjomlari sovg‘a qilindi.

Ta’kidlash joiz, bu orqali yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, yozgi ta’til vaqtlarida ularni sportga keng jalb qilish ko‘zda tutilgan.

Text to speech