4 Noyabr 2023 1094

Yosh bokschilarimiz OCHda 20 ta medal jamg‘arishdi

Qozog'istonda boks boʻyicha yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati oʻz poyoniga yetdi. Yigitlar oʻrtasida kechgan bellashuvlar Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli oʻtib, hamyurtlarimiz 5 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga ega chiqishdi.

 Oltin medal:
-54 kg: Samandar Olimov
-67 kg: Shavkatjon Boltayev
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev
-80 kg: Javohir Ummataliyev
-86 kg: Abdulaziz Abdurahmonov

 Kumush medal:
-60 kg: Sayat Ilyasov
+92 kg: Shahzod Polvonov

 Bronza medal:
-48 kg: Muhammadgʻiyos Sobitxonov

Shu tariqa, oʻsmirlar terma jamoamiz (yigitlar va qizlar) mazkur qitʼa birinchiligida 4 ta oltin, 7 ta kumush va 11 ta bronza, yoshlarimiz esa 8 ta oltin, 8 ta kumush va 4 ta bronza medallarini jamgʻarishdi. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Osiyo chempionatida qoʻlga kiritilgan ushbu natija bilan yosh bokschilarimizni qutlab, ularning kelgusi faoliyatida ham omad va zafarlar tilaydi.

Text to speech