FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3 Noyabr 2023 2177

Kamonchilarimiz ikkita litsenzion musobaqada qatnashishadi

Kamondan otish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Tailandga yoʻl oldi. Hamyurtlarimiz Bangkok shahrida tashkil etiladigan ketma-ket ikkita litsenzion musobaqalarda ishtirok etishadi.

Ularning birinchisi 5-9-noyabr kunlari oʻtadigan Osiyo chempionati boʻlib, unda yakkalik dasturida Parij-2024 litsenziyalari oʻynaladi. Reglamentga koʻra, Osiyo chempionatida shu paytgacha yoʻllanma ololmagan atletlar orasida eng yaxshi natija koʻrsatgan ikki mergan Olimpiada ishtirokchisiga aylanadi.

Shundan soʻng 10-12-noyabr kunlari Osiyo qitʼasi uchun litsenzion turnir boʻlib oʻtadi. Mazkur musobaqa faqat jamoaviy dasturda oʻtkazilib, unda erkaklar va ayollar oʻrtasida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan davlatlargina Parij-2024 yoʻllanmasi sohibi boʻlishadi. Terma jamoamiz Bangkokka quyidagi tarkibda yoʻl oldi:

Erkaklar:
Amirxon Sodiqov
Ozodbek Ungalov
Chen Yao Yuy
Mirjalol Mirolimov

Ayollar:
Ziyodaxon Abdusattorova
Nilufar Hamroyeva
Jasmina Nurmanova
Bibixojar Yoʻldosheva

Text to speech