31 May 2021 2611

O‘zbek va qozoq bokschilari qit’a gegemonligi uchun kurashni davom ettirishadi

Bugun BAAning Dubay shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetadi. Reglamentga ko‘ra, ushbu kun doirasida erkaklar o‘rtasida final janglari bo‘lib o‘tadi.

Xabar berganimizdek, 10 vazn toifasidan 7 ta final hamyurtlarimiz ishtirokida kechadi. Ulardan 4 tasida esa o‘zbek va qozoq bokschilarining to‘qnashuviga guvoh bo‘lamiz. Shubhasiz, ular orasida Bahodir Jalolov va Kamshibek Konkabayev bellashuvi markaziy jang sifatida e’tirof etiladi.

-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov – Daniyal Sabit (Qozog‘iston)
-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Amit (Hindiston)
-56 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – Xarku Enx-Amar (Mo‘g‘uliston)
-69 kg: Bobousmon Baturov – Ablayxan Jusupov (Qozog‘iston)
-75 kg: Saidjamshid Ja’farov – Abilxan Amankul (Qozog‘iston)
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov – Meysam Geshlagi (Eron)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Kamshibek Konkabayev (Qozog‘iston)

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi yigitlarimizga bo‘lajak janglarda omad va zafarlar tilab qoladi.

Text to speech