30 May 2021 2482

Bokschi qizlarimiz qit’a chempionatini 8 ta medal bilan yakunlashdi

BAAning Dubay shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining ayollar o‘rtasida final bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Ushbu dasturda 6 nafar vakilimiz qit’a chempionligi uchun ringga chiqdi.

Finalchilar orasida Sitora Turdibekova (-57 kg) o‘z jangini muvaffaqiyatli o‘tkazib, Osiyo chempionligini qo‘lga kiritishdi. Yana 5 nafar vakilimiz esa kumush medal bilan kifoyalandi.

Bugun final natijalari:
-48 kg: Gulasal Sultonaliyeva – Alua Balkibekova (Qozog‘iston) 1:4
-54 kg: Sitora Shogdarova – Dina Jolman (Qozog‘iston) 2:3
-57 kg: Sitora Turdibekova – Vladislava Kuxta (Qozog‘iston) 5:0
-69 kg: Navbahor Hamidova – Valentina Kaljova (Qozog‘iston) 0:5
-75 kg: Mavluda Mavlonova – Pura Rani (Hindiston) 0:5
-81 kg: Sohiba Ro‘zmetova – Fariza Sholtay (Qozog‘iston) 0:5

Shu tariqa, bokschi qizlarimiz Osiyo chempionatini 1 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza, jami 8 ta medal bilan yakunlashdi. Ertaga erkaklar o‘rtasida final bahslari bo‘lib o‘tadi.

Text to speech