24 Oktyabr 2023 553

O‘zbekiston delegatsiyasi Xanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlarida medallar soni bo‘yicha eng yaxshi natijasini yangiladi

Xitoyning Xanchjou shahri mezbonlik qilgan IV Para Osiyo o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. 6 kun davom etgan shiddatli bellashuvlarda O‘zbekiston delegatsiyasi 25 ta oltin, 24 ta kumush va 30 ta bronza, jami 79 ta medal bilan umumjamoa hisobida sakkizinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Qayd etish joiz, bu O‘zbekiston delegatsiyasi uchun Para Osiyo o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan medallar soni bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘ldi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi yuksak matonat va metin jasorat egalarini, ularning misolida O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi, sportchi va murabbiylar, millionlab hamyurtlarimizni Xitoy arenalarida qo‘lga kiritilgan ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy qutlaydi.

Text to speech