FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
28 Oktyabr 2023 2172

Butunjahon dzyudo kuni muborak!

28-oktyabr sanasi har yili Butunjahon dzyudo kuni sifatida keng nishonlanadi. Bu yilgi ushbu bayram Xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan “Doʻstingni (dzyudoga) olib kel” shiori ostida oʻtkazilmoqda.

Mazkur sport turi mamlakatimizda oʻzining yangi rivojlanish davrini oʻtkazmoqda. Soʻnggi jahon chempionatlari, Osiyo oʻyinlarida sportchilarimiz qayd etayotgan yuksak natijalar bunga yaqqol misol boʻla oladi. Xususan, bir necha kun oldin nihoyasiga yetgan Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo oʻyinlarida dzyudochilarimiz Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobiga 3 ta oltin, 2 ta kumush 4 ta bronza medallarini taqdim qilishdi. Ishonamizki, Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida ham dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi oʻz solnomasida yangi sahifa ochadi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi ushbu sana munosabati bilan mamlakat dzyudo federatsiyasi, sportchi va murabbiylar, yurtimizdagi katta dzyudo oilasini samimiy qutlaydi.

<iframe width="100%" height="435" src="https://www.youtube.com/embed/CRAwEwNTVUI" title="???????? Butunjahon dzyudo kuni muborak!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
Text to speech