30 May 2021 2723

Ilhomjon Tursunaliyev 50 yoshda!

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tasarrufidagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Ilhomjon Ahmedovich Tursunaliyev 50 yillik yubiley ayyomini nishonlamoqda.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi o‘zbek sportining yutuqlari yo‘lida ulkan hissa qo‘shib kelayotgan, jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda, ularning malakasini oshirishda jonbozlik ko‘rsatayotgan ushbu insonning mehnatlarini qadrlaydi. Fursatdan foydalanib, Ilhomjon Tursunaliyevni tavallud ayyomi bilan muborakbod etamiz va u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik va omad tilab qolamiz.

Text to speech