30 May 2021 2918

Tursunoy Jabborova jahon chempionligini qo‘lga kiritdi

Poytaxtimizda og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. Biroz avval hamyurtimiz Tursunoy Jabborova -87 kg vazn toifasida mutlaq jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

Hamyurtimiz har ikki dastur va ikki kurash yakunida barcha raqiblarini sezilarli darajadagi tafovut bilan ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Sportchimiz dast ko‘tarishda 111 kg, siltab ko‘tarishda esa 133 kg toshni bo‘ysundira oldi. Yakunda 244 kg natija ko‘rsatgan Jabborova eng yaqin ta’qibchisini 33 kgga ortda qoldirdi.

Og‘ir atletika bo‘yicha U20 JCh
Qizlar, -87 kg
1. Tursunoy Jabborova (O‘zbekiston) – 244 (111+133)kg;
2. Elizabet Ouens (AQSh) – 211 (93+118) kg;
3. Yekta Jamali (Eron) – 208 (98+116)kg.

Dastur yakunida MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov va uning birinchi o‘rinbosari Ravshan Irmatov Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi Bosh kotibi Muhammad Jalud bilan ko‘rishib, musobaqa taassurotlari haqida fikr almashishdi. MOQ rahbariyati sportchilarimiz bilan o‘tgan uchrashuvda o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirib o‘tdi.

Text to speech