25 Oktyabr 2023 1229

Shahram Ahadov Abu-Dabi “Katta dubulgʻa” turniri chempioni

Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Shahram Ahadov faoliyatida birinchi bor “Katta dubulgʻa” tasnifiga kiruvchi musobaqada gʻalaba qozondi. -73 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz Abu-Dabi turnirida murosasiz kechgan final bellashuvida kosovolik Akil Gyakovadan ustun keldi. Ushbu natija unga jahon va Parij-2024 Olimpiadasi reytingi uchun 1000 ochko taqdim qiladi.

Text to speech