30 May 2021 2123

Sherzod Tashmatov murabbiylar shtabi bilan Olimpiadaga tayyorgarlik rejalarini muhokama qildi

Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Olimpiya o‘yinlarida 4 ta sportchi bilan ishtirok etadi. Demakki, muxlislar taekvondochilarimizdan ham yuqori natijalar kutishadi. MOQ raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi raisi Sherzod Tashmatov Olimpiya o‘yinlariga munosib hozirlik ko‘rish maqsadida murabbiylar shtabi bilan tayyorgarlikning yangi bosqichini boshladi.

Hozirda ushbu sport turida litsenzion musobaqalar yakunlanib, Tokio-2020ning barcha ishtirokchilari nomi maʼlum bo‘lib ulgurgan. Yig‘ilishda taekvondochilarimizning ehtimoliy raqiblari, ularning kuchli va zaif tomonlari haqida fikrlar bildirildi. Qayd etish joiz, mazkur yig‘ilishga yetarlicha tayyorgarlik ko‘rmagan murabbiylardan biriga jiddiy eʼtiroz bildirilib, ushbu hol yana takrorlangudek bo‘lsa, Olimpiadaga tayyorgarlik jarayonidan chetlatilishi haqida ogohlantirildi.

Text to speech